
Bugun har doimgidek uydan ishga o‘z vaqtida va bexavotir yetib keldingiz. Ammo avtomobilingizni avtoturargohga qo‘yganingizdan so‘ng, unga shikast yetmasligiga qanday kafolat bera olasiz?
Afsuski, kutilmagan hodisalar hech qachon oldindan ogohlantirmaydi. Avtoturargohdagi ehtiyotsiz to‘qnashuv, daraxt shoxining qulashi, tabiiy ofatlar yoki boshqa ko‘ngilsiz holatlar bir zumda katta moliyaviy xarajatlarga sabab bo‘lishi mumkin.
Shunday vaziyatlarda KASKO sug‘urtasi avtomobilingizni ishonchli himoya qiladi. Ta'mirlash xarajatlari haqida qayg‘urish o‘rniga, xotirjamlik bilan kundalik ishlaringizni davom ettirishingiz mumkin.
Avtomobilingizni tasodiflarga emas, ishonchli himoyaga ishoning.
"Hamkor Sug‘urta" AJ KASKO sug‘urtasi bilan avtomobilingizni ishonchli himoya qiling va har bir safaringizni xotirjamlik bilan davom ettiring!