IPOTEKA SUG'URTASI
![]() |
Ipoteka sug‘urtasi (garovga qo’yilayotgan mol-mulk sug’urtasi) O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 23-noyabrdagi O‘zRQ-730-sonli “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi va 2006 yil 4-oktyabrdagi O‘zRQ-58-sonli “Ipoteka to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Yangi kvartira yoki uyni kredit hisobiga sotib olish har doim katta summalarni va uzoq davr – 10 yoki hatto 20 yil davomida to'lash shartlarini anglatadi. Bunday uzoq muddatga mijozga qarz berish orqali banklar katta tavakkalchilikka yo’l qo’yadi. Kreditni to'lash davri mobaynida garov ob'yektiga aylangan ko'chmas mulk bilan har xil narsa yuz berishi mumkin. Har qanday zarar garov qiymatini pasaytiradi, bu esa bank uchun zarardir. Kredit to'lanmagan taqdirda, bank uni sotishi va yo'qotishlarni qoplashi uchun kvartira likvid bo’lishi kerak. Sug'urta polisi zarar qoplanishini kafolatlaydi. Ipoteka sug'urtasi bankni qarz qaytarilmasligi xavfidan himoya qiladi.
Sug’urta qanday xavflardan himoya qiladi:
• yong’in;
• uchinchi shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlari;
• tabiiy ofatlar natijasida yetkazilgan zarar;
• konstruksiyalarning yashirin shikastlanishi;
• suv toshqini;
• maishiy ehtiyojlarini qondirish uchun ishlatiladigan gaz yoki uni saqlash va tashish joylari
portlashi;
• mol-mulk shikastlanishiga derazalar, eshiklar, devorlar va boshqa konstruktiv
elementlarning sinishi kiradi.
Bulardan tashqari, shartnomada ichki bezatish va muhandislik uskunalarini sug’urtalash yoki minimal ta'mirlash ishlarini amalga oshirish ham ko’zda tutilgan bo’lishi mumkin.
Agar uy-joyni qayta tiklash imkoni bo'lmasa yoki ta'mirlash ishlari narxi kvartira yoki uy narxidan qimmatroq bo'lsa, butun sug'urta summasi to'lanadi. Agar uyni ta'mirlash imkoniyati bo'lsa, sug'urtalovchi zararni bartaraf etish uchun yetarli bo'lgan pulni to'laydi. Kredit shartlariga qarab, bu pul ta'mirlashga yoki qarzni to'lash uchun yo’naltiriladi. Ikkinchi holatda, kredit to'lovlari kamayadi, lekin mijoz uyni o’z hisobidan tartibga solishga majbur bo'ladi.
Sug'urta kompaniyasi quyidagi sabablarga ko'ra yetkazilgan zararni qoplamaydi:
• radiatsiya ta'siri;
• yadroviy portlash;
• urushlar;
• sug'urtalangan shaxs yoki uning nomidan ish yurituvchi shaxslar tomonidan zarar
yetkazilishi;
• davlat organlarining buyrug'i bilan mulkni hibsga olinishi.