Bo'sh ish o'rinlari
| Filial | Lavozim | Talablar |
|---|---|---|
| Bosh ofis | Bosh buxgalter o'rinbosari (MHXS bo'yicha) | Nomzod faoliyatga oid iqtisodiy yo‘nalishda oliy yoki undan yuqori ma’lumotga ega bo‘lishi, jamiyat tizimi va/yoki unga aloqador tizimda kamida 1 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi, so‘nggi 12 oy davomida intizomiy jazoga tortilmagan bo‘lishi lozim. Rus va ingliz tillarini foydalanuvchi darajasida bilishi, kompyuter savodxonligiga ega bo‘lishi (1C, MS Office, HAMKOR ONLINE, HAMKOR OSAGO va boshqa sug‘urta dasturlari), O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi hamda jamiyatning ichki me’yoriy hujjatlarini bilishi talab etiladi. Shuningdek, buxgalteriya hisobi va hisobotlari bilan ishlash, moliyaviy tahlil, sug‘urta hisobi yuritish, rejalashtirish va prognozlash, zamonaviy menejment va marketing asoslari bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lishi zarur. Nomzod jismonan sog‘lom, sudlanmagan, psixologik va narkologik dispanserlarda ro‘yxatda turmagan, mas’uliyatli va intizomli bo‘lishi shart. |
| Surxondaryo filiali | Bosh buxgalter |
Nomzod iqtisodiy yo‘nalish bo‘yicha bakalavr yoki undan yuqori ma’lumotga ega bo‘lishi, buxgalter sifatida kamida 3 yillik ish tajribasiga, jumladan sug‘urta sohasida buxgalter sifatida kamida 1 yillik tajribaga ega bo‘lishi lozim. U moliyaviy tahlil, buxgalteriya hisobi va hisobotlari, boshqaruv hisobi, rejalashtirish va prognozlash bo‘yicha yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi hamda tashkilotning ichki me’yoriy hujjatlarini bilishi talab etiladi. Shuningdek, kompyuterda ishlash, 1C dasturi va MS Office dasturlaridan foydalanish, rus va ingliz tillarini kamida foydalanuvchi darajasida bilish zarur. Nomzod jismonan sog‘lom, oxirgi 12 oy davomida intizomiy jazoga tortilmagan, muayyan huquqlardan mahrum etilmagan, sudlanmagan hamda psixologik yoki narkologik hisobda turmagan, mas’uliyatli va intizomli bo‘lishi kerak. |
| Jizzax filiali | Bosh buxgalter |