Jismoniy shaxsning hujjatlarini yo‘qotishi/shikastlanishidan sug'urtalash

Ushbu sug‘urta turi jismoniy shaxsning shaxsiy hujjatlari (ID-karta, biometrik pasport, haydovchilik guvohnomasi va boshqalar) yo‘qolishi yoki shikastlanishi oqibatida ularni qayta tiklash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun mo‘ljallangan.
Sug‘urta ixtiyoriy bo‘lib, sug‘urta mukofoti to‘langanidan so‘ng kuchga kiradi. Sug‘urta hodisasi faqat sug‘urta muddati davomida va sug‘urta hududida sodir bo‘lsa tan olinadi. Hujjatlarni qasddan yo‘qotish, yolg‘on ma’lumot berish yoki sug‘urta hodisasi haqida o‘z vaqtida xabar qilmaslik holatlarida to‘lov rad etilishi mumkin. Sug‘urta to‘lovi sug‘urta puli doirasida va faqat qoidalarga muvofiq tasdiqlangan xarajatlar bo‘yicha amalga oshiriladi