
Hukumatning 2025 yil 17 dekabrdagi 796-son qarori bilan davlat ijtimoiy sug‘urtasi doirasida ushbu nafaqalarni tayinlash va to‘lash tartibi belgilandi.
🔰 Unga ko‘ra:
▪️ 2026 yil 1 yanvardan — homiladorlik va tug‘ish nafaqasi;
▪️ 2026 yil 1 iyuldan — vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi joriy etiladi.
💸 To‘lovlar quyidagi holatlarda tayinlanadi:
▪️ mehnat munosabatlarida bo‘lganda;
▪️ fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida ishlaganda;
▪️ qonunchilikda belgilangan boshqa rasmiy faoliyatda bo‘lganda.
🔹 Sug‘urta staji talabi:
▪️ homiladorlik va tug‘ish uchun — kamida 10 oy;
▪️ vaqtincha mehnatga layoqatsizlik uchun — kamida 6 oy.
⏳ Layoqatsizlik nafaqasi 1 yilda 182 kundan oshmagan davr uchun to‘lanadi.
📊 Homiladorlik va tug‘ish nafaqasi miqdori:
▪️ 10–24 oy — 75%
▪️ 25–60 oy — 85%
▪️ 61 oy va undan yuqori — 100%
📑 To‘lovlar moliyaviy agent tomonidan amalga oshiriladi.