Ma'sul mutaxassis xodimlar tomonidan, yong‘in oqibatida fuqarolarning sug‘urtalangan mulki, jumladan turar joy va transport vositalariga zarar yetkazilgan holatlarni o‘rganish, sug‘urta xodisalari bilan bog‘liq hujjatlarni tezkorlik bilan rasmiylashtirilishini ta'minlash maqsadida, shu hududning o‘zida Komissiya tashkil etildi.

Komissiyaga har bir uy-joyni, jumladan, aholi xonadonlari, ko‘p qavatli uy-joylarning fasad qismlari, deraza va romlari hamda ta'mirtalab ahvolga kelib qolgan boshqa bino va inshootlarga yetkazilgan zararlarni bartaraf etish bo‘yicha moddiy yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rish vazifasi yuklatildi.
"HAMKOR SUG‘URTA" AJ har qanday holatda ham, o‘z mijozlarini sog‘lig‘i, turmush tarzining barqarorligi, hamda moliyaviy holatini o‘rgangan holda tezkorlik bilan o‘z vazifa/majburiyatlarini adolatli bajarishga tayyor.