
18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun muborak!
Bugun yurtimiz milliy g‘ururining timsoli bo‘lgan muqaddas bayrog‘imiz qabul qilinganiga 34 yil to‘ldi.
Davlat bayrog‘i — xalqimizning qadriyatlari, birligi va ulug‘ maqsadlarini mujassam etgan muqaddas ramzdir. 🇺🇿✨
Biz, "HAMKOR SUG'URTA" AJ jamoasi, ushbu ulug‘ sana bilan barchangizni chin qalbimizdan tabriklaymiz!
Yurtimiz osmonida bayrog‘imiz doimo hilpirab, Vatanimiz ravnaqi yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar bardavom bo‘lishini tilaymiz. 🌟🤝
Yurtimiz tinch, kelajagimiz yorug‘ bo‘lsin!
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Bayrog‘imiz – faxrimiz!