
HURMATLI USTOZ VA MURABBIYLAR!
Sizlarni 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!
Sizlarning mehnatingiz tufayli jamiyatimizda bilimli, ma’naviyatli va vatanparvar avlod voyaga yetmoqda. Sizlar yoshlarga nafaqat ilm, balki hayot saboqlari, yuksak insoniy fazilatlarni singdirib, ularning kelajakka qat’iy ishonch bilan qadam qo‘yishlariga zamin yaratmoqdasizlar.
Ustozlik kasbi eng ulug‘ va sharafli burchdir. Sizlarning fidokorona xizmatlaringiz uchun chuqur minnatdorlik bildirgan holda, barcha o‘qituvchi va murabbiylarga sihat-salomatlik, oilaviy farovonlik va mehnatlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Sizning mehnatingiz abadiy qadrlanadi!
Hurmat bilan,
“Hamkor Sug‘urta” AJ jamoasi