Qadrli yurtdoshlar, hurmatli mijozlar va aziz hamkorlar!
Sizlarni yurtimizning eng ulug‘ bayrami – O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz.
Mustaqillik – xalqimizning yutuqlari va erkin kelajagiga asos bo‘lgan eng ulkan qadriyatdir. Yurtimiz ravnaqi va farovonligi yo‘lida qo‘lga kiritayotgan barcha yutuqlarimizning zamirida aynan shu bebaho ne’mat mujassamdir.
“Hamkor Sug‘urta” jamoasi Sizga tinchlik, sog‘liq, baraka va yangi marralarni zabt etishda ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!