Sizlarni qutlug‘ va fayzli bayram — Qurbon hayiti munosabati bilan chin yurakdan muborakbod etamiz!
Bu muqaddas ayyom mehr-oqibat, fidoyilik va saxovat fazilatlarini yodga solib, ko‘ngillarni yaqinlashtiradi, yuraklarga iliqlik baxsh etadi. Qurbon hayiti har bir insonni ezgulikka chorlaydigan, sabr va shukronalikni ulug‘laydigan buyuk kunlardan biridir.

“Hamkor Sug‘urta” AJ jamoasi siz azizlarga o‘z fidokorona mehnatingizda bardavom yutuqlar, xonadoningizga tinchlik, farovonlik va cheksiz baxt tilaydi.
Yurtimizda baraka, qalbimizda esa doimo umid nurlari porlab tursin!
Qurbon hayiti muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
“Hamkor Sug‘urta” AJ jamoasi