
Hurmatli yurtdoshlar!
“Hamkor Sug‘urta” jamoasi nomidan sizlarni eng muqaddas va ezgu bayramlardan biri – Xotira va Qadrlash kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!
Bu kun – yuragimizda mangu yashaydigan xotiralar, jasorat va fidokorlik ramzi. Vatanimiz ozodligi yo‘lida jonini fido qilgan mard yurtdoshlarimizni chuqur hurmat bilan yod etamiz. Ularning mardligi, bugungi tinch hayotimizning poydevoridir.
Shu munosabat bilan, bugungi kunda yurtimiz ravnaqi yo‘lida fidokorlik bilan mehnat qilayotgan har bir insonni qadrlaymiz va tinchlik-osoyishtalik bardavom bo‘lishini tilaymiz.
🕊 Xotira – muqaddas, qadrlash – burchimiz!
Hurmat bilan,
“Hamkor Sug‘urta” Aksiyadorlik Jamiyati