
Aziz yurtdoshlar!
Sizni eng ulug‘ va qutlug‘ ayyomlardan biri – Ramazon hayiti munosabati bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!
Bu fayzli bayram tinchlik va totuvlik, mehr-oqibat va saxovat ifodasi bo‘lib, qalblarga xotirjamlik, oilalarga baxt va baraka olib kelishini tilaymiz. Ushbu muborak kunlarda barcha ezgu niyatlaringiz amalga oshsin, xonadonlaringizdan fayzu baraka arimasin!
"HAMKOR SUG'URTA" jamoasi siz bilan mustahkam aloqalarni yanada rivojlantirish va ishonchingizni oqlash uchun doimo intiladi. Kelgusi faoliyatimizda ham sizga xizmat qilish biz uchun sharafdir!
🌙 Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
"HAMKOR SUG'URTA" jamoasi