
🌿Bugun buyuk mutafakkir va adabiyotimiz faxri – Alisher Navoiy tavallud kuni. U zot o‘zining yuksak tafakkuri va bebaho ijodi bilan nafaqat o‘z davrining, balki butun insoniyatning ma’naviy boyligini oshirgan siymolardan biridir!
Navoiy g‘azallari, dostonlari va pandu nasihatlari bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmay, xalqimizga saboq bo‘lib kelmoqda. Uning asarlari mehr-oqibat, adolat, ilmu ma’rifat va yuksak axloqiy qadriyatlarni targ‘ib qiladi.
Biz ham Alisher Navoiy merosidan ilhomlanib, jamiyatimizga foyda keltirish, yurtimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shish yo‘lida fidokorona mehnat qilishga intilamiz.
Ulug‘ shoirning buyuk merosi va donolik g‘oyalari doimo bizning yuraklarimizda yashasin!🌿