
Konstitutsiya inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, davlat suvereniteti, jamiyatda tinchlik va totuvlik tamoyillariga rioya etish, hayotimizning barcha jabhalarida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishning kafolatidir. Ushbu xujjat O‘zbekiston davlatchiligi shakllanishining eng yangi bosqichini boshlab berdi va bugungi kunda u har bir insonning huquq va erkinliklarini kafolatlaydi.
Konstitutsiya — erkin va kuchli davlat ramzi, mamlakat taraqqiyoti va har bir insonning hayot sifatini oshirish poydevoridir.