
Hurmatli ustoz va murabbiylar!
Sizlarni samimiy tabriklab, yuksak hurmat va ehtirom ila "HAMKOR SUG'URTA" AJ nomidan Ustoz va murabbiylar kuni bilan muborakbod etamiz. Sizlarning bilim va tajribangiz, mehr va g‘ayratingiz bilan yurtimizning taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotganingizni alohida e'tirof etmoqchimiz.
Har bir darsingiz, maslahatlaringiz va qo‘llab-quvvatlashingiz yoshlarga nurli yo‘l ochib, ularni kelajakda muvaffaqiyatli insonlar bo‘lishiga turtki bermoqda. Sizlarning sabr-toqat, mehnat va fidoyiligingiz mevasini nafaqat shogirdlaringiz, balki butun jamiyatimiz sezmoqda.
Sizlarga mustahkam sog‘lik, shaxsiy hayotingizda tinchlik va xotirjamlik, mehnat faoliyatingizda esa ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz. Har bir kuningiz yutuqlar va quvonchlarga boy bo‘lsin. Bayramingiz muborak!