Aziz bolajonlar! “Hamkor sug'urta” AJ jamoasi Sizlarni 1-iyun – "Хalqaro bolalarni himoya qilish kuni", beg'ubor bolalik bayramingiz bilan tabriklaydi.
“Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” 1925-yilda Jenevada bolalar farovonligi bo‘yicha butunjahon konferentsiyasida ta’sis etilgan, oradan 25 yil o‘tib, 1950-yildan jahonda bayram sifatida nishonlab kelinadi.
“Bolalarni himoya qilish kuni”ning maqsadi keng jamoatchilik diqqatini bolalarning muammolariga, ularning huquqlarini himoya qilishga, himoyalangan dunyoda yashash imkoniyatlariga, baxtli bolalikka ega bo‘lishlariga va o‘z mamlakatining to‘la-to‘kis hamda xotirjam fuqarosi bo‘lib o‘sishlariga qaratishdir. Shuningdek, bayramni nishonlashning asosiy maqsadi – ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodning kelajakda ma’nan boy, jismonan sog‘lom va axloqan pok bo‘lib voyaga yetkazishdir.