"Hamkor sug'urta" AJ xodimlari “14-fevral Xalqaro kitob sovgʻa qilish kuni” munosabati bilan o'tkazilayotgan tadbirni ko'tarinki kayfiyat bilan nishonlashdi!
Xo'sh siz bu kunni bilarmidingiz!?
Kitob sovg'a qilish kuni 2012-yildan beri nishonlanadi. Bundan asosiy maqsad insonlarning e'tiborini kitob va kitobxonlikka qaratishdir.
Dastlab Buyuk Britaniyada boshlangan tashabbus, bugun dunyoning 44 mamlakatida nishonlanadi. Bayramga Emi Brodmur va uning o'g'li asos solishadi. Ular kam ta'minlangan hududlarda kitobga ehtiyoj borligini va bu uchun yetarli mablag' mavjud emasligini anglashadi. Ona-o'g'il tomonidan kichik masshtabda kitob sovg'a qilish boshlanadi, keyin ko'ngillilar va jamoatchilik sabab bu keng tarqaladi.
Bugungi kunda "Xalqaro kitob sovg'a qilish kuni" yetti qit'aning oltitasida nishonlanadi. Bu kunda insonlar o'zlari yoqtirgan, o'qigan yoki o'qimagan kitoblarni boshqalarga sovg'a qilishadi. Kitob nafaqat do'st va yaqinlarga, balki notanishlarga ham sovg'a qilinadi. Kitob sovg'a qilish orqali insonlarda kitobga nisbatan mehr uyg'otish, mutolaaga ilhomlantirish va kitoblarni rivojlanishda muhim o'rnini anglatishimiz mumkin.
Bu bayramni nishonlash va insonlarga kitob sovg'a qilish ko'ngillilar tomonidan boshlangan, ko'ngillilar sabab rivojlanadi. Siz ham bayram sabab kitob sovg'a qiling va kitobxonlik rivojlanishiga hissa qo'shing.