BIZ HAQIMIZDA
«HAMKOR SUG'URTA» aksiyadorlik jamiyati 2009-yil 6-iyulda tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekiston sug‘urta bozorining professional ishtirokchisi sifatida 14 yildan ortiq faoliyat yuritib kelmoqda. Kompaniyaning ustav kapitali 35 milliard so‘mni, aktivlari esa 105 milliard so'mni tashkil etadi. Chet el kapitali
ishtirokidagi “Hamkorbank” aksiyadorlik tijorat banki kompaniyaning yagona ta’sischisi hisoblanadi. Kompaniyaning moliyaviy barqarorligi milliy sug‘urta bozoridagi (Uz)AA yuqori reytingi (“Standart va Sensitive Ratings” reyting tashkiloyining “Eng yuqori” reyting darajasi) bilan tasdiqlangan. Isteʼmolchilar manfaatini himoya qilishda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash xizmat koʻrsatishning bosh mezoni qilib belgilangan.
«HAMKOR SUG'URTA» aksiyadorlik jamiyati barqaror rivojlanishga yuqori professionallik, tezkorlik, mijozga individual yondashish, xodimlarning malakasi, tashabbusi va mas’uliyati ta’sir qiladi. Bugungi kunda kompaniyaning asosiy strategik yo‘nalishlaridan biri bu xalqaro standart va talablarga javob beradigan innovatsion sug‘urta dasturlari va xizmatlarini yaratish orqali mahalliy va xorijiy tashkilotlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatish orqali o‘z faoliyatini kengaytirishdir.
Kompaniya Maxsus vakolatli davlat organi tomonidan taqdim etilgan litsenziyaga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslar uchun umumiy sug‘urta sohasining barcha 17 ta klassi bo'yicha 100 dan ortiq sug‘urta turlari doirasida sifatli xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
Bizning asosiy xizmatlarimiz:
🔹 barcha turdagi majburiy sug'urta turlari;
🔹 transport vositalarini sug'urta qilish;
🔹 baxtsiz hodisalardan sug'urta qilish;
🔹 mulkni sug'urta qilish;
🔹 moliyaviy xavflardan sug'urta qilish;
🔹 javobgarlikni sug'urtalash va boshqalar.