Foydalanish shartlari
Foydalanish shartlari
MAXFIYLIK SIYOSATI
Shaxsiy maʼlumotlarning maxfiylik siyosati (bundan keyin matnda Siyosat, deb yuritiladi) “HS.uz” sayti (bundan keyin matnda sayt, deb yuritiladi).sayt yoki shu portalga aloqador boshqa mobil ilovalardan foydalanish chog‘ida foydalanuvchi haqida olinadigan maʼlumotlarga nisbatan qo‘llaniladi. sayt O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga binoan rasman ro‘yxatdan o‘tgan sayt hisoblanadi.
saytning har qanday resurslaridan foydalanish foydalanuvchi tomonidan mazkur Siyosat va unda ko‘rsatilgan shartlarga so‘zsiz rozi ekanligini anglatadi. Agar foydalanuvchi mazkur Siyosat shartlariga rozi bo‘lmagan taqdirda u sayt resurslaridan foydalanmasligi kerak.
1. TERMINLAR
-
Hamkor Sugurta.uz sayti – bu kontentning serverdagi joylashuv o‘rnidir.
-
«HAMKOR SUG‘URTA» sug‘urta kompaniyasi» – aksiyadorlik jamiyati barqaror rivojlanishga yuqori professionallik, tezkorlik, mijozga individual yondashish, xodimlarning malakasi, tashabbusi va masʼuliyati taʼsir qiladi. Bugungi kunda kompaniyaning asosiy strategik yo‘nalishlaridan biri bu xalqaro standart va talablarga javob beradigan innovatsion sug‘urta dasturlari va xizmatlarini yaratish orqali mahalliy va xorijiy tashkilotlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatish orqali o‘z faoliyatini kengaytirishdir.
-
Shaxsiy maʼlumotlar – muayyan jismoniy yoki yuridik shaxsga (shaxsiy maʼlumot subyekti) bevosita yoki bilvosita aloqador bo‘lgan har qanday maʼlumot hisoblanadi.
-
Shaxsiy maʼlumotlarning maxfiyligi – jismoniy yoki yuridik shaxslarning maʼlumotlaridan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning, boshqalarga taalluqli maʼlumotlardan ularning roziligisiz yoki qonuniy asoslarsiz foydalanmasligi va tarqatmasligi uchun majburiy talab hisoblanadi.
2. FOYDALANUVCHINING PORTAL SAYTI TOMONIDAN YIG‘ILADIGAN VA QAYTA ISHLANADIGAN SHAXSIY MAʼLUMOTI
5. Ushbu Maxfiylik siyosati foydalanuvchining saytdan ro‘yxatdan o‘tish, huquqiy hujjatlardan foydalanish chog‘ida sayt tomonidan so‘ralgan maʼlumotlar kiritilganda ushbu maʼlumotlarning maxfiyligini muhofaza qilish va oshkor etmaslik tartibini taʼminlashga qaratilgan Portal maʼmuriyatining (bundan keyin matnda Maʼmuriyat deb yuritiladi) majburiyatlarini belgilaydi.
6. Ushbu Maxfiylik siyosati doirasida qayta ishlashga ruxsat berilgan shaxsiy maʼlumotlar Saytda ro‘yxatdan o‘tish chog‘ida jadvalni to‘ldirish orqali foydalanuvchi tomonidan mustaqil ravishda taqdim etiladi va u quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Foydalanuvchining familiyasi, ismi-sharifi, foydalanuvchining telefon raqami, elektron pochta manzili (e-mail). Shuningdek, ishlov beriluvchi maʼlumotlarga Foydalanuvchi tomonidan mustaqil ravishda sayt maʼmuriyatiga yoki maʼmuriyatning iltimosiga ko‘ra taqdim etilgan har qanday qo‘shimcha maʼlumot kiradi.
3. SHAXSIY MAʼLUMOTLAR XAVFSIZLIGI
7. Shaxsiy maʼlumotlarni noqonuniy xatti-harakatlardan, yo‘qolish, yo‘q qilish va uchinchi shaxslar tomonidan ruxsatsiz kirishdan himoya qilish uchun maʼmuriyat zamonaviy dasturiy taʼminot va apparatni himoya qilish vositalaridan hamda tashkiliy xavfsizlik choralaridan foydalanadi.
Maʼmuriyat maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishni o‘z zimmasiga oladi.
Maʼmuriyat foydalanuvchining iltimosi yoki uchinchi shaxslarning daʼvolari bo‘yicha sud yoxud huquqni muhofaza qiluvchi organlarning so‘roviga asosan, maʼmuriyatning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash yuzasidan, shuningdek qonunchilikda belgilangan boshqa hollarda foydalanuvchining shaxsiy maʼlumotlariga kirish huquqiga ega.
4. MAXFIYLIK SIYOSATINI O‘ZGARTIRISH
8. Maʼmuriyat ushbu Siyosatga mustaqil ravishda o‘zgartirish kiritish huquqiga ega. Siyosatning o‘zgartirilgan versiyasi Saytda eʼlon qilingan paytdan boshlab darhol kuchga kiradi va foydalanuvchi uchun majburiy hisoblanadi. Foydalanuvchilarga Siyosat o‘zgarishi to‘g‘risida maxsus xabar berish mumkin, ammo bunday ogohlantirish talab qilinmaydi va Maʼmuriyat barcha manfaatdor tomonlarni Siyosatdagi o‘zgarishlarni kuzatishga undaydi. Siyosatdagi o‘zgarishlarga rozi bo‘lmagan taqdirda, foydalanuvchi Saytdan foydalanishni to‘xtatishi shart.