AО Hamkor Sugurta

📢 Reklama to'g'risidagi qonunga muhim o'zgartirishlar kiritildi
📢 Reklama to'g'risidagi qonunga muhim o'zgartirishlar kiritildi

2026-yil 10-noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi «Reklama to'g'risida»gi Qonuniga qo'shimchalar va o'zgartirish kiritish haqida»gi Qonun imzolandi. Hujjat aholining sug'urta savodxonligini oshirish, moliyaviy xizmatlar reklamasida iste'molchilarni ehtimoliy moliyaviy xatarlar haqida ogohlantirish hamda ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan.

So'nggi yillarda mamlakatimizda sug'urta xizmatlari va kredit-moliya sohasida iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish, aholi va tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, aholi va tadbirkorlarning sug'urta sohasidagi savodxonligini oshirish, sug'urta xizmatlari to'g'risida ishonchli axborot berish, shuningdek, kredit mahsulotlaridan foydalanish bilan bog'liq moliyaviy xatarlar haqida iste'molchilarni oldindan ogohlantirish zarurati yuzaga kelmoqda.

Mazkur masalalarni inobatga olgan holda, Raqobat qo'mitasi Markaziy bank bilan hamkorlikda mavjud holat va xalqaro tajribani tahlil qilib, moliyaviy xizmatlar reklamasiga tegishli ogohlantirishlarni kiritish bo'yicha takliflarni ilgari surdi.

Qonun bilan quyidagi muhim yangiliklar kiritildi:

5-moddaga muvofiq — sug'urtaga oid savodxonlikni oshirishga qaratilgan axborot ijtimoiy axborot turi sifatida belgilandi.

20-moddaga muvofiq — tegishli sohalardagi vakolatli davlat organlari ham ijtimoiy axborot reklama beruvchilari sifatida belgilandi.

43-moddaga muvofiq — kredit, shu jumladan mikroqarz reklamalarida qarz majburiyatlarini bajarmaslik moliyaviy xatarlarni keltirib chiqarishi mumkinligi haqidagi ogohlantirish bo'lishi shartligi nazarda tutildi.

E'tiborli jihati, bunday ogohlantirish reklama maydoni va efir vaqtining kamida 10 foizini tashkil etishi lozim.

Xulosa:
Mazkur Qonun sug'urta xizmatlari to'g'risida aholiga ishonchli axborot yetkazish, sug'urta savodxonligi va ushbu xizmatlarga bo'lgan ishonchni oshirish, shuningdek, kredit mahsulotlaridan foydalanishda moliyaviy xatarlar haqida iste'molchilarni xabardor qilish hamda mas'uliyatli qarz olish madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi.

“HAMKOR SUG‘URTA” AJDA ZAMONAVIY CALL-MARKAZ ISHGA TUSHMOQDA!
“HAMKOR SUG‘URTA” AJDA ZAMONAVIY CALL-MARKAZ ISHGA TUSHMOQDA!

Mijozlarga yanada qulay, tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida “Hamkor Sug‘urta” AJda zamonaviy Call-markaz tashkil etildi.

Endilikda mijozlar Call-markaz orqali sug‘urta xizmatlari va polislarini rasmiylashtirish, sug‘urta hodisalari, to‘lovlar hamda kompaniya faoliyatiga oid savollar yuzasidan murojaat qilish va malakali maslahat olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

📞 Call-markaz: 55-500-09-91

Call-markaz yaqin kunlarda rasman o‘z faoliyatini boshlaydi.
Yangi xizmat mijozlar bilan muloqotni yanada samarali tashkil etish, murojaatlarga tezkor javob berish va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga xizmat qiladi.

“HAMKOR SUG‘URTA” — Bugungi ishonch, ertangi himoya!

KUCHLI JAMOA — SIFATLI XIZMAT VA ISHONCHLI KELAJAK!
KUCHLI JAMOA — SIFATLI XIZMAT VA ISHONCHLI KELAJAK!

“Hamkor Sug‘urta” AJ’da inson kapitalini rivojlantirish va xodimlar salohiyatini oshirishga qaratilgan yangi tashabbuslarga start berildi.

Ushbu maqsadda tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan HR Development, Professional Growth va Performance Management yo‘nalishlarida ustuvor vazifalar belgilandi.

Biz ishonamiz: zamonaviy bilim, malakali mutaxassis va samarali jamoa — mijozlarga sifatli sug‘urta xizmatlari ko‘rsatish hamda ishonchni mustahkamlashning asosiy garovidir!

“Hamkor Sug‘urta” — Bugungi ishonch, ertangi himoya!

Strategik hamkorlik — ishonchli kelajak sari muhim qadam!
Strategik hamkorlik — ishonchli kelajak sari muhim qadam!

“Hamkor Sug‘urta” AJ va “Aloqabank” o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan bosh shartnomalar imzolandi.

Mazkur kelishuv ikki tashkilot o‘rtasidagi uzoq muddatli va samarali hamkorlikni yanada mustahkamlash, sug‘urta xizmatlari qamrovini kengaytirish hamda bank mijozlari uchun qulay, zamonaviy va ishonchli moliyaviy himoya yechimlarini taklif etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Hamkorlik doirasida sug‘urta xizmatlarini bank xizmatlari bilan uyg‘unlashtirish, mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonlarini soddalashtirish, raqamli imkoniyatlarni kengaytirish hamda sug‘urta mahsulotlaridan foydalanish imkoniyatlarini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Bizning maqsadimiz — nafaqat sug‘urta xizmatlarini taqdim etish, balki har bir mijoz uchun ishonchli himoya, qulay xizmat va uzoq muddatli hamkorlikni ta’minlashdir.

Ishonchga asoslangan bu hamkorlik yangi imkoniyatlar, yangi xizmatlar va o‘zaro manfaatli tashabbuslar uchun mustahkam zamin yaratadi.

“Hamkor Sug‘urta” — Bugungi ishonch, ertangi himoya!

“Hamkor Sug‘urta” AJning 2027–2029-yillarga mo‘ljallangan strategik rivojlanish ustuvor yo‘nalishlari belgilandi!
“Hamkor Sug‘urta” AJning 2027–2029-yillarga mo‘ljallangan strategik rivojlanish ustuvor yo‘nalishlari belgilandi!

Jamiyat Kuzatuv kengashi a’zolari ishtirokida bo‘lib o‘tgan muhokamada moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash, bozordagi raqobatbardoshlikni oshirish va raqamli xizmatlarni rivojlantirishning ustuvor vazifalari ko‘rib chiqildi.

Yaqin uch yillik taraqqiyotning asosiy maqsadi — barqaror o‘sish, innovatsiya va mijozlar ishonchini yanada mustahkamlash.
“Hamkor Sug‘urta” — Bugungi ishonch, ertangi himoya!

“Hamkor Sug‘urta” AJ hamkorlik tarmog‘ini kengaytirmoqda
“Hamkor Sug‘urta” AJ hamkorlik tarmog‘ini kengaytirmoqda
“Hamkor Sug‘urta” AJ sug‘urta xizmatlari ommabopligini oshirish va mijozlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish maqsadida bir qator yuridik tashkilotlar bilan agentlik bitimlarini imzoladi.
Endilikda hamkorlik doirasida sug‘urta mahsulotlarini kengroq targ‘ib qilish, xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va mijozlarga yanada qulay xizmat ko‘rsatish yo‘lida yangi imkoniyatlar yaratiladi.
“Hamkor Sug‘urta” — Bugungi ishonch - ertangi himoya!

“Hamkor Sug‘urta” AJda Takaful sug‘urtasi faoliyatining me’yoriy-huquqiy asoslari takomillashtirilmoqda.
“Hamkor Sug‘urta” AJda Takaful sug‘urtasi faoliyatining me’yoriy-huquqiy asoslari takomillashtirilmoqda.

“Hamkor Sug‘urta” aksiyadorlik jamiyatida Takaful sug‘urtasi faoliyatini yanada rivojlantirish, tashkiliy va moliyaviy mexanizmlarini takomillashtirish hamda ushbu yo‘nalishdagi jarayonlarni tartibga solish maqsadida bir qator ichki me’yoriy hujjatlar yangi tahrirda ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

Xususan, quyidagi hujjatlar yangi tahrirda tasdiqlandi:
🟢“Takaful fondi bilan bog‘liq zaxiralarni shakllantirish va yuritish tartibi” – Takaful fondi doirasida zaxiralarni shakllantirish, hisobga olish va yuritish mexanizmlarini belgilaydi.
🟢“Islomiy sug‘urtalash (Takaful) tartibi” – Takaful sug‘urtasini tashkil etish va amalga oshirish, ishtirokchilar bilan munosabatlarni tartibga solish hamda sug‘urta jarayonlarining asosiy tamoyillarini belgilaydi.
🟢“Takaful fondi mablag‘larini investitsiya qilish tartibi” – Takaful fondi mablag‘larini joylashtirish, investitsiya qilish va ulardan samarali foydalanish tartibini belgilaydi.
🟢“Takaful darchasi” faoliyatini amalga oshirish siyosati – jamiyat tarkibida Takaful yo‘nalishi faoliyatini tashkil etish, boshqarish va amalga oshirishning asosiy tamoyillarini belgilaydi.

Mazkur hujjatlarning yangilanishi Takaful sug‘urtasi faoliyatining institutsional asoslarini mustahkamlash, moliyaviy resurslarni boshqarish samaradorligini oshirish, shuningdek, sug‘urta xizmatlarini xalqaro tajriba va islomiy moliya tamoyillariga muvofiq rivojlantirishga qaratilgan.

“Hamkor Sug‘urta” AJ

OSAGO haqida ma'lumot
OSAGO — Majburiy avtosug‘urta

Yo‘lda ishonch va moliyaviy himoya!

OSAGO — avtotransport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘lib, transport vositasidan foydalanish natijasida uchinchi shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga zarar yetkazilgan taqdirda, qonunchilik va sug‘urta shartnomasi doirasida zararni qoplashga xizmat qiladi.

“Hamkor Sug‘urta” AJ bilan majburiy avtosug‘urta haqida batafsil ma’lumot oling va transport vositasidan foydalanishda qonunchilik talablariga rioya qiling.

OSAGO sug‘urtasi nima uchun kerak?

Yo‘l-transport hodisalari kutilmaganda sodir bo‘lishi mumkin. Bunday vaziyatlarda boshqa shaxslarning mol-mulki, hayoti yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar katta moliyaviy xarajatlarga sabab bo‘lishi mumkin.

OSAGO sug‘urtasi transport vositasi egasining uchinchi shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligini qonunchilikda belgilangan shartlar va limitlar doirasida himoya qiladi. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan hollarda ushbu sug‘urtani rasmiylashtirish majburiy hisoblanadi.

OSAGO sug‘urtasi nimalarni qoplaydi?

Mol-mulkka yetkazilgan zarar: yo‘l-transport hodisasi oqibatida boshqa shaxslarning transport vositalari yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar.

Sog‘liqqa yetkazilgan zarar: hodisa natijasida jabrlangan shaxslarning sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar bo‘yicha qonunchilikda nazarda tutilgan to‘lovlar.

Hayotga yetkazilgan zarar: yo‘l-transport hodisasi oqibatida inson halok bo‘lgan holatlarda qonunchilikka muvofiq tovon to‘lovlari.

Sug‘urta to‘lovi sug‘urta hodisasi tan olingan taqdirda, amaldagi qonunchilik, belgilangan limitlar va sug‘urta shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.

OSAGO sug‘urtasi nimalarni qoplamaydi?

Sug‘urtalangan transport vositasining o‘ziga yetkazilgan zarar, agar u boshqa sug‘urta shartnomasi bilan qoplanmasa.

Qonunchilikda va tegishli sug‘urta qoidalarida qoplama doirasidan chiqarilgan zararlar.

Sug‘urta hodisasi deb tan olinmaydigan holatlar bilan bog‘liq zararlar.

Qoplama bo‘yicha istisnolar va cheklovlar amaldagi qonunchilik hamda sug‘urta shartlari asosida aniqlanadi.

OSAGO sug‘urta summasi

2026-yil 1-yanvardan joriy etilgan tartibga muvofiq, majburiy avtosug‘urta bo‘yicha sug‘urta summasi 80 000 000 so‘mni tashkil etadi.

Muhim: 80 000 000 so‘m — belgilangan sug‘urta limiti. Bu har bir hodisada aynan shu miqdor to‘lanishini anglatmaydi. To‘lov miqdori yetkazilgan zarar, qonunchilik talablari va sug‘urta shartlariga muvofiq belgilanadi.

OSAGO va KASKO o‘rtasidagi farq

Mezon

OSAGO

KASKO

Sug‘urta turi

Majburiy

Ixtiyoriy

Asosiy maqsad

Uchinchi shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligini sug‘urtalash

Sug‘urtalangan avtomobilni turli xavflardan himoya qilish

Boshqa shaxsning avtomobiliga yetkazilgan zarar

Belgilangan shartlar doirasida qoplanadi

Tanlangan shartnoma qamroviga bog‘liq

O‘z avtomobiliga yetkazilgan zarar

Odatda qoplanmaydi

Shartnoma shartlariga muvofiq qoplanishi mumkin

OSAGO sug‘urtasini rasmiylashtirish tartibi

Transport vositasi egasi va avtomobil haqidagi zarur ma’lumotlarni tayyorlang.

Sug‘urta shartlarini, haydovchilar ro‘yxatiga qo‘yiladigan talablarni va amal qilish muddatini aniqlang.

Belgilangan tarif asosida sug‘urta mukofotini hisoblang.

Sug‘urta shartnomasini rasmiylashtirib, tegishli to‘lovni amalga oshiring.

Elektron yoki boshqa shaklda berilgan polis ma’lumotlarini tekshirib, saqlab qo‘ying.

Rasmiylashtirishda talab qilinadigan ma’lumotlar transport vositasi turi va amaldagi tartibga qarab farq qilishi mumkin.

Yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganda nima qilish kerak?

Avvalo, hodisa joyida xavfsizlikni ta’minlang. Zarurat bo‘lsa, tez tibbiy yordam va tegishli vakolatli xizmatlarni chaqiring.

Hodisa holatini imkon qadar foto va video orqali qayd eting.

Qonunchilik talablariga muvofiq hodisani rasmiylashtiring.

Sug‘urta kompaniyasiga belgilangan tartib va muddatlarda xabar bering.

Talab etiladigan hujjatlarni taqdim eting va zararni baholash jarayonida sug‘urtalovchi ko‘rsatmalariga amal qiling.

Ko‘p beriladigan savollar

OSAGO sug‘urtasini olish majburiymi?

Ha. Qonunchilikda nazarda tutilgan transport vositalari egalari fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalashi shart. Qonunchilikdagi istisnolar bundan mustasno.

OSAGO o‘z avtomobilimni ta’mirlash xarajatlarini qoplaydimi?

OSAGO odatda sug‘urtalangan avtomobilning o‘ziga yetkazilgan zararni qoplamaydi. Bunday himoya uchun KASKO sug‘urtasini ko‘rib chiqish mumkin.

OSAGO sug‘urtasi qancha muddatga rasmiylashtiriladi?

Sug‘urta muddati shartnomada belgilanadi. Odatda polis bir yilga rasmiylashtiriladi, biroq qonunchilikda ayrim holatlar uchun boshqa muddatlar ham nazarda tutilishi mumkin.

Sug‘urta to‘lovi qanday amalga oshiriladi?

Sug‘urta hodisasi va taqdim etilgan hujjatlar o‘rganilgandan so‘ng to‘lov masalasi amaldagi qonunchilik, sug‘urta limiti va shartnoma talablariga muvofiq hal qilinadi.

🇺🇿 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni!
21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni!
“Hamkor Sug‘urta” AJ jamoasi barchangizni O‘zbek tili bayrami bilan samimiy muborakbod etadi!

🏆 Faxr va e’tirof!
🏆 Faxr va e’tirof!
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi hamda “Hamkorbank” ATB tashkil topganining 35 yillik yubileyi munosabati bilan “Hamkor Sug‘urta” AJning bir guruh fidoyi xodimlari taqdirlandilar.
Ular “Hamkorbank”ning rivojlanishi va yuksalishiga qo‘shgan munosib hissasi, samarali va fidokorona mehnati, jamoaga sadoqati hamda ko‘p yillik xizmatlari uchun yubiley faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar.
🌟 Ushbu e’tirof — xodimlarimizning mas’uliyatli mehnati, kasbiga bo‘lgan sadoqati va jamoamiz taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasining munosib ifodasidir.
Taqdirlangan barcha hamkasblarimizni samimiy muborakbod etamiz!
Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, yangi yutuqlar va kasbiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
💚 Birgalikda — yuksalish sari!