
🏆 Faxr va e’tirof!
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi hamda “Hamkorbank” ATB tashkil topganining 35 yillik yubileyi munosabati bilan “Hamkor Sug‘urta” AJning bir guruh fidoyi xodimlari taqdirlandilar.
Ular “Hamkorbank”ning rivojlanishi va yuksalishiga qo‘shgan munosib hissasi, samarali va fidokorona mehnati, jamoaga sadoqati hamda ko‘p yillik xizmatlari uchun yubiley faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar.
🌟 Ushbu e’tirof — xodimlarimizning mas’uliyatli mehnati, kasbiga bo‘lgan sadoqati va jamoamiz taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasining munosib ifodasidir.
Taqdirlangan barcha hamkasblarimizni samimiy muborakbod etamiz!
Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, yangi yutuqlar va kasbiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
💚 Birgalikda — yuksalish sari!