
π Majburiy avtosug'urta TVEFJMS (OSAGO) bo'yicha muhim yangilik!
2026-yil 23-iyundan e'tiboran majburiy avtosug'urta tizimida haydovchilar uchun yangi qulayliklar joriy etildi. Jumladan, yo'l-transport hodisasi sodir bo'lganida endi jabrlanuvchi sug'urta to'lovini olish uchun:
β
o'zining sug'urta kompaniyasiga;
β
yoki YTHga sababchi bo'lgan haydovchining sug'urta kompaniyasiga murojaat qilishi mumkin.
Bu esa sug'urta xizmatlaridan foydalanishda yanada ko'proq qulaylik va erkinlik yaratadi. π‘
Shuningdek, qonunchilikdagi yana bir muhim o'zgarishga ko'ra, cheklanmagan haydovchilar soni bilan rasmiylashtirilgan TVEFJMS (OSAGO) polislarida transport vositasi egasi, mulkdori hamda uning yaqin qarindoshlari alohida ko'rsatilmagan bo'lsa ham, ularning fuqarolik javobgarligi sug'urtalangan hisoblanadi.
π Bundan tashqari, sug'urta kompaniyalari endilikda mijozlarga shartnoma shartlari, sug'urta mukofoti, to'lov miqdori, xizmatning afzalliklari va mavjud cheklovlar haqida to'liq, aniq va shaffof ma'lumot taqdim etishi majburiy etib belgilandi.