
"HAMKOR SUG'URTA" AJ Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti tomonidan tashkil etilgan "Karyera kuni" mehnat yarmarkasida faol ishtirok etdi. 🎓🤝
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetida bakalavr va magistrantlarni ish joylariga joylashtirish maqsadida "Karyera kuni" mehnat yarmarkasi tadbiri o‘tkazildi. 🏢💼
Tadbir davomida ishtirokchilar turli sohalardagi mutaxassislar bilan bevosita muloqot qilib, zamonaviy kasblar haqida yangi bilimlarga ega bo‘ldilar. 🗣📚 Shu bilan birga, qiziquvchilar ishga joylashish uchun dastlabki suhbat jarayonidan o‘tdilar. ✍️🔍
"Karyera kuni" yakuniga yetdi va har bir ishtirokchi uchun yangi imkoniyatlar eshigi endi ochiq. 🔑✨ Talabalarimizga kelgusidagi tanlovlarda omad, qat’iyat va muvaffaqiyat tilaymiz! 🕊🌟