
“HAMKOR SUG‘URTA” AJDA ZAMONAVIY CALL-MARKAZ ISHGA TUSHMOQDA!
Mijozlarga yanada qulay, tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida “Hamkor Sug‘urta” AJda zamonaviy Call-markaz tashkil etildi.
Endilikda mijozlar Call-markaz orqali sug‘urta xizmatlari va polislarini rasmiylashtirish, sug‘urta hodisalari, to‘lovlar hamda kompaniya faoliyatiga oid savollar yuzasidan murojaat qilish va malakali maslahat olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
📞 Call-markaz: 55-500-09-91
Call-markaz yaqin kunlarda rasman o‘z faoliyatini boshlaydi.
Yangi xizmat mijozlar bilan muloqotni yanada samarali tashkil etish, murojaatlarga tezkor javob berish va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga xizmat qiladi.
“HAMKOR SUG‘URTA” — Bugungi ishonch, ertangi himoya!