
Strategik hamkorlik — ishonchli kelajak sari muhim qadam!
“Hamkor Sug‘urta” AJ va “Aloqabank” o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan bosh shartnomalar imzolandi.
Mazkur kelishuv ikki tashkilot o‘rtasidagi uzoq muddatli va samarali hamkorlikni yanada mustahkamlash, sug‘urta xizmatlari qamrovini kengaytirish hamda bank mijozlari uchun qulay, zamonaviy va ishonchli moliyaviy himoya yechimlarini taklif etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Hamkorlik doirasida sug‘urta xizmatlarini bank xizmatlari bilan uyg‘unlashtirish, mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonlarini soddalashtirish, raqamli imkoniyatlarni kengaytirish hamda sug‘urta mahsulotlaridan foydalanish imkoniyatlarini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Bizning maqsadimiz — nafaqat sug‘urta xizmatlarini taqdim etish, balki har bir mijoz uchun ishonchli himoya, qulay xizmat va uzoq muddatli hamkorlikni ta’minlashdir.
Ishonchga asoslangan bu hamkorlik yangi imkoniyatlar, yangi xizmatlar va o‘zaro manfaatli tashabbuslar uchun mustahkam zamin yaratadi.
“Hamkor Sug‘urta” — Bugungi ishonch, ertangi himoya!