
“Hamkor Sug‘urta” AJda Takaful sug‘urtasi faoliyatining me’yoriy-huquqiy asoslari takomillashtirilmoqda.
“Hamkor Sug‘urta” aksiyadorlik jamiyatida Takaful sug‘urtasi faoliyatini yanada rivojlantirish, tashkiliy va moliyaviy mexanizmlarini takomillashtirish hamda ushbu yo‘nalishdagi jarayonlarni tartibga solish maqsadida bir qator ichki me’yoriy hujjatlar yangi tahrirda ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
Xususan, quyidagi hujjatlar yangi tahrirda tasdiqlandi:
🟢“Takaful fondi bilan bog‘liq zaxiralarni shakllantirish va yuritish tartibi” – Takaful fondi doirasida zaxiralarni shakllantirish, hisobga olish va yuritish mexanizmlarini belgilaydi.
🟢“Islomiy sug‘urtalash (Takaful) tartibi” – Takaful sug‘urtasini tashkil etish va amalga oshirish, ishtirokchilar bilan munosabatlarni tartibga solish hamda sug‘urta jarayonlarining asosiy tamoyillarini belgilaydi.
🟢“Takaful fondi mablag‘larini investitsiya qilish tartibi” – Takaful fondi mablag‘larini joylashtirish, investitsiya qilish va ulardan samarali foydalanish tartibini belgilaydi.
🟢“Takaful darchasi” faoliyatini amalga oshirish siyosati – jamiyat tarkibida Takaful yo‘nalishi faoliyatini tashkil etish, boshqarish va amalga oshirishning asosiy tamoyillarini belgilaydi.
Mazkur hujjatlarning yangilanishi Takaful sug‘urtasi faoliyatining institutsional asoslarini mustahkamlash, moliyaviy resurslarni boshqarish samaradorligini oshirish, shuningdek, sug‘urta xizmatlarini xalqaro tajriba va islomiy moliya tamoyillariga muvofiq rivojlantirishga qaratilgan.
“Hamkor Sug‘urta” AJ