![]() |
||
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
||
🚗 YTH SODIR BO‘LDI. KASKO HAM, OSAGO HAM BOR. QAYSI BIRIGA MUROJAAT QILASIZ?
Ko‘pchilik haydovchilarni bir savol qiziqtiradi:
"Avtomobilimda ham KASKO, ham OSAGO mavjud. Yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lsa, qaysi sug‘urta birinchi ishlaydi?"
Quyida tartibini tushuntiramiz. 👇
1️⃣ Agar SIZ YTHga sababchi bo‘lsangiz
✅ Jabrlanuvchining zararini sizning OSAGO sug‘urtangiz qoplaydi.
✅ Sizning avtomobilingizga yetgan zarar esa KASKO sug‘urtasi mavjud bo‘lsa, KASKO shartlari asosida qoplanadi.
2️⃣ Agar SIZ jabrlanuvchi bo‘lsangiz
2026-yildan amaldagi tartibga ko‘ra, siz tanlash huquqiga egasiz.
Siz:
✔️ aybdorning OSAGO sug‘urta kompaniyasiga;
yoki
✔️ o‘zingizning OSAGO sug‘urta kompaniyangizga murojaat qilishingiz mumkin.
3️⃣ KASKO qachon ishga tushadi?
Agar avtomobilingiz KASKO bilan sug‘urtalangan bo‘lsa, zararlarni tezroq qoplash maqsadida avvalo KASKO orqali to‘lov olishingiz mumkin.
Shundan so‘ng sug‘urta kompaniyalari o‘zaro hisob-kitoblarni qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiradi.
📌 Xulosa
🔹 Boshqa ishtirokchiga yetkazilgan zarar — OSAGO orqali qoplanadi.
🔹 O‘z avtomobilingizdagi zarar — KASKO orqali qoplanishi mumkin.
🔹 Jabrlanuvchi sifatida esa OSAGO bo‘yicha murojaat qiladigan sug‘urta kompaniyasini o‘zingiz tanlaysiz.




