
🌿Bobur nafaqat buyuk imperiya asoschisi, balki o‘zining ijodi va tafakkuri bilan butun dunyoga tanilgan ma’rifatparvar siymodir. Uning “Boburnoma” asari bebaho tarixiy va adabiy yodgorlik bo‘lib, bugungi kunda ham avlodlar uchun ilhom manbai bo‘lib xizmat qilmoqda.
Uning jasorati, donoligi va madaniy merosi biz uchun doimiy faxr va ibrat manbai bo‘lib qoladi. Boburdek buyuk zotlarning nomi qalbimizda abadiy yashaydi va biz uning merosini asrab-avaylashga, kelajak avlodga yetkazishga harakat qilamiz.
Zahiriddin Muhammad Boburning 542 yilligi muborak bo‘lsin!🌿